
Foto: IXBT
Xitoyning Jiangsu Ruipaiying Import And Export Co. kompaniyasi pikap kuzovida yaratilgan hamyonbop Changli CLZKC-009 elektromobilini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.
Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, ular Amerika avtomobil sanoatidan ilhomlangan bo‘lsa-da, Changli CLZKC-009 ning Xitoy ildizlarini yashirish ancha mushkul. Hatto radiator panjarasidagi Explorer yozuvi ham modelni Ford mahsuloti bilan adashtirish imkonini bermaydi. Avtomobil uzunligi 3500 millimetrni tashkil etadi, yuk ko‘tarish qobiliyati — 400 kilogramm.
Mashina salonida ikkita o‘rindiq bo‘lishiga qaramay, u yerda lyuk, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan kamera va elektron oyna ko‘targichlar bor. Qo‘shimcha to‘lov evaziga konditsioner ham o‘rnatish mumkin.

Foto: IXBT
Avtomobil elektrodvigatelining quvvati 4 ot kuchini taqdim etadi va u soatiga 65 kilometr tezlikkacha harakatlanish imkonini beradi. Sig‘imi 4,8 kilovatt/soatga teng akkumulator batareyalari yordamida esa bir marta quvvatlanish orqali 130 kilometr yo‘l bosish mumkin.
Mazkur avtomobilni hozirda Xitoyda 2 ming dollarga xarid qilish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar