16:46 / 16.07.2021
4 149

«UzAuto Motors» Chevrolet Onix hamda Tracker avtomashinalarini yig‘ishni boshlaydi


Foto: Uzauto Motors
«UzAuto Motors» kompaniyasi yagona platformadagi yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.

Birinchi bosqichda Chevrolet Onix hamda Tracker modellari yig‘iladi. Chevrolet Onix va Tracker modellarini o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning 15 iyul sanasidan – 21 avgust sanasigacha rejalashtirilgan.

Qayd etilishgicha, yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o‘tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi.

UzAuto Motorsning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «UzAuto Motors» Chevrolet Onix hamda Tracker avtomashinalarini yig‘ishni boshlaydi