21:21 / 27.07.2021
2 584

Oyni svetoforning sariq chirog‘i bilan adashtirib yuborgan Tesla


Foto: Depositphotos
Ijtimoiy tarmoqlarda Tesla avtomobilida kuzatilgan yana bir nosozlik videosi paydo bo‘ldi: autopilot tizimi Oyni svetoforning sariq chirog‘i bilan adashtirib yuborib, tezlikni pasaytirishga uringan. Tesla ekrani tasvirlangan rolik Twitter’dagi Jordan Nelson ismli foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan bo‘lib, u kompaniya rahbari Ilon Maskdan muammoni bartaraf etishni so‘ragan. Ayni vaqtda video qariyb bir million marta tomosha qilingan, biroq Mask hozircha javob qaytargani yo‘q, deb xabar beradi Motor.

Autoweek nashrining ma’lum qilishicha, «adashgan» Tesla standart autopilot bilan emas, balki iyul o‘rtalarida taqdim etilgan keng funksionallikka ega Full Self-Driving yaxshilangan tizimi bilan jihozlangan. To‘liq boshqaruv ishorasiga qaramay, avtopilot hamon ikkinchi darajaga taalluqli. Bu haydovchi rulni doimo ushlab turishi va muammo yuzaga kelganda aralashishi kerakligini bildiradi.

Shu bilan birga, mashina belgilangan marshrut bo‘yicha mustaqil harakatlanadi va avtoturargohga joylasha oladi. Bundan tashqari, Tesla svetoforlar signalini tanish «qobiliyati»ga ega. Ushbu funksiya yaxshi ishlaydi, buni hatto ilingan bayroqlarni svetofor sifatida qabul qilgani tasvirlangan rolik orqali ham bilish mumkin.

Kompaniyadagilarning qayd etishicha, avtopilotning to‘qqizinchi versiyasi hozirda beta-test jarayonlaridan o‘tmoqda. Uni sinovdan o‘tkazishni istagan yangi elektrokar egalari oyiga 199 dollar to‘lashi kerak. Eski Tesla egalari esa 1,5 ming dollarga obunani amalga oshira oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Oyni svetoforning sariq chirog‘i bilan adashtirib yuborgan Tesla