Foto: YHXBB matbuot xizmati
O‘zbekiston yo‘llarida YTHlarning oldini olish, qoidabuzarliklarga chek qo‘yish va harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat mashinalarining tom qismiga maxsus qurilma o‘rnatilmoqda, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, qurilmaning old va orqa tomonida hamda yon tomonlarida kuzatuv kamerlari bo‘lib, transport vositasi to‘xtab turgan vaqtda ham, harakat vaqtida ham 360 darajaga ega bo‘lgan masofada haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni aniqlaydi.
Ushbu qurilma o‘rnatilgan transport vositasi to‘xtab turganida va harakatlanganida o‘zi bilan bir yo‘nalishda va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash va to‘xtab turish, harakatlanish tezligini me’yoridan oshirish, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik, qizil chiroqda to‘xtab turish chizig‘ini bosib turganlik qoidabuzarliklari va avtomobil raqami orqali qidiruvda ekani yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Qurilma qoidabuzarliklarni onlayn qayd etadi va huquqbuzarning yashash manziliga jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror yuboradi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda yangi qurilma Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov yakunlanganidan so‘ng respublikaning barcha hududlarida amaliyotda qo‘llash rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?