15:45 / 02.08.2021
3 192

Qoidabuzar Malibu’ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandir intizomiy jazoga tortildi


Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida qoidabuzar haydovchini to‘xtatgan YPX xodimi ratsiya orqali «yuqoridan» kelgan buyruq sabab uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyati IIBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat 28 iyul kuni Olmaliq shahri hududida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida tasvirga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Ismoilov tomonidan «O‘zbektemir yo‘lmashta’mir» unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan Malibu rusumli avtomobil haydovchisi harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagani sababli to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi barcha hujjatlar haydovchining yonida bo‘lgan.
Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish) asosan elektron shakldagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirish jarayonida YPX xodimining komandiri aloqaga chiqib, mashinani ko‘p ushlab turmasligini, haydovchiga nisbatan «xushmuomala» bo‘lishini aytib, transport vositasini qo‘yib yuborishini aytgan. Shundan so‘ng haydovchi harakatni davom ettirgan.

Ushbu holatda (ratsiya orqali bog‘langan) 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi komandiri amaldagi me’yoriy hujjatlar talablarini buzgani uchun intizomiy jazolandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qoidabuzar Malibu’ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandir intizomiy jazoga tortildi