23:56 / 01.09.2021
3 341

Toshkentda o‘zganing Gentra’sini minib qochgan 17 yoshli yigit YTHga uchrab, qo‘lga tushdi

Toshkentda o‘zganing Gentra’sini minib qochgan 17 yoshli yigit YTHga uchrab, qo‘lga tushdi
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Toshkentda o‘zganing Lacetti Gentra’sini minib qochgan 17 yoshli yigit 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir etib, qo‘lga tushdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

31 avgust kuni soat 05:00 larda 2004 yilda tug‘ilgan S.Q. Shayxontohur tumani, General Uzoqov ko‘chasida to‘xtab turgan, fuqaro N.A.ga tegishli bo‘lgan Lacetti eshigini ochib, o‘t oldirgichda qoldirilgan kalit orqali transport vositasini olib qochgan.

Yo‘lda avtomobil davlat raqam belgisini yechib harakatlangan va shu kuni soat 16:30 larda Yunusobod tumani, THAY ko‘chasida YTH sodir etib, voqea joyida ushlangan.

YTH Lacetti Gentra, Nexia, Spark hamda Matiz rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lib, to‘qnashuv natijasida 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Transport vositasini olib qochish bo‘yicha Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda o‘zganing Gentra’sini minib qochgan 17 yoshli yigit YTHga uchrab, qo‘lga tushdi