UzAuto Motors kompaniyasi sentabr oyida Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish liniyalarida optimizatsiya ishlarini olib bordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, optimizatsiya ishlari davomida Lacetti avtomobilining ishlab chiqarilish hajmi kuniga o‘rtacha 280 tadan 320 ta avtomobilga yetadi.
«Olib borilgan modernizatsiya ishlari ushbu avtomobil modelining ishlab chiqarilishini oyiga o‘rtacha 1000 donaga ko‘paytirish imkonini beradi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarishning ko‘payishi yuzaga kelayotgan navbatlarni qisqartiradi va mijozlarga ushbu ommabop avtomobilni qisqa muddatlarda yetkazib berishni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors avgust oyida atigi 2 dona Gentra va birorta ham Spark ishlab chiqarmagandi. Kompaniya buni yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi va ishlab chiqarish bosqichma-bosqich transformatsiya qilingani bilan izohlab, shu doirada yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishga o‘tish rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi. Sentabr oxirlarida esa kompaniya Lacetti va Spark ishlab chiqarishni tiklanganini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi