18:29 / 14.10.2021
2 696

«UzAuto Motors»: «Gentra»larni qo‘yishga zavodda joy qolmadimi?

«UzAuto Motors»: «Gentra»larni qo‘yishga zavodda joy qolmadimi?
Bugun, 14 oktabr kuni telegram kanallarning birida bir nechta avtokonteynerlarda ortilgan Chevrolet Lacetti avtomobillari don ombori tomon yo‘naltirilgan video tarqaldi. «UzAuto Motors» ushbu avtomobillar nima uchun don omboriga qo‘yilayotganiga izoh berdi.

«To‘g‘ri, shu kabi vaziyatlar mavjud. Gap shundaki, kompaniya kuniga 250-300 dona Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqaradi. Biz ushbu avtomobillarni yarimo‘tkazgich detalining yo‘qligi sababli o‘z egalariga topshirolmaymiz. Avtomobil tayyor, ammo birgina detalning yo‘qligi qaysidir tizimning ishlamasligiga sabab bo‘ladi. Masalan – xavfsizlik yostiqchalari.

«UzAuto Motors» ushbu detalni olishi bilanoq uni avtomobillarga o‘rnatadi va xaridorga topshiradi. Bu tayyor, ammo sotib bo‘lmaydigan avtomobillar zavoddagi tayyor mahsulot uchun ajratilgan joyni to‘ldirib bo‘lishdi.

Shu sabab «UzAuto Motors» «O‘zdonmahsulot» bilan avtomobillarni korxona hududida vaqtincha saqlash to‘g‘risida shartnoma tuzdi
», deyiladi izohda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «UzAuto Motors»: «Gentra»larni qo‘yishga zavodda joy qolmadimi?