07:38 / 17.10.2021
1 252

UzAuto Motors avtomobillari qozog‘istonliklarga yoqib qoldi

UzAuto Motors avtomobillari qozog‘istonliklarga yoqib qoldi
UzAuto Motors avtomobillari Qozog‘iston avtomobil bozorida yetakchi o‘rinlarni egalladi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 9 oyida qozog‘istonliklar 79 444 dona avtomobil sotib olishgan va buning 28 foizdan ortig‘i Chevroletga to‘g‘ri keladi.

"Jami 22383 dona mashina sotildi, bu bozor ulushining 28,17 foizini tashkil qildi", - deyilgan xabarda.

2020 yilga nisbatan UzAuto Motors avtobillarini sotish hajmi 5 barobar oshdi. Qozog‘iston fuqarolari ko‘proq Chevrolet Cobalt va Chevrolet Nexiani tanlamoqda.

Xabarda qayd etilishicha, qo‘shni davlatda bu modellar O‘zbekistonga qaraganda taxminan 1000 dollar qimmatroq sotilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors avtomobillari qozog‘istonliklarga yoqib qoldi