15:15 / 25.11.2021
2 592

Avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda qulaylik yaratildi

Avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda qulaylik yaratildi
«Mashinamning texpasportini yangilash uchun tegishli davlat organiga borganimda, endi texko‘rik xususiy sektorga o‘tgani, uzog‘i soat 17:00 gacha ulgursam, ishim bugunning o‘zida bitishini aytishdi. Soatimga qarasam – 16:10. Ulguraman, dedimu yo‘lga chiqdim. Lekin qayerga borishni bilmay to‘xtab qoldim. Telefon orqali elektron qidiruv berdim, natija yo‘q. Xullas, Toshkentning chorak qismini aylanib, nihoyat topdim. Soat esa allaqachon besh...».

Bunday vaziyat ko‘pchilikka tanishdir?! O‘sha paytda nafaqat ketkazilgan yoqilg‘i, balki bekor o‘tgan vaqtga ham achinasan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yaratilgan yangi qulaylik esa avtomobil egalariga ma’qul kelishi mumkin.

Endi fuqarolarimiz yuridik shaxslar tomonidan M1 toifadagi avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish laboratoriyalari joylashgan manzillar, lokatsiyalar hamda bog‘lanish uchun telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni my.gov.uz orqali olish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 martdagi 125-sonli qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 sentabrdan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi avtotransport vositalarini tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda qulaylik yaratildi