Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi fuqarolarga murojaat qildi.
Qayd etilishicha, bundan buyog‘iga haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qish vaqtida mashg‘ulotlarga qatnashmaslik, o‘qimaslik qimmatga tushadi. Chunki, endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan nazariy va amaliy imtihonlar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan inson omili cheklangan, avtomatlashtirilgan avtodromda va imtihon olish xonalarida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ushbu tizim inson omili to‘liq cheklangan, avtomatlashtirilgan dastur yordamida haydovchilikka nomzodlarni o‘quv muassasiga kelib ketishlarini, darslarda va mashg‘ulotlarda qatnashishlarini, ichki imtihonlardan o‘tgan yoki o‘tmaganliklarini to‘liq nazoratini amalga oshirib, yakuniy nazariy va amaliy imtihonlarga ruxsat beradi.
«Unutmang, imtihonlardan o‘tish uchun birgina imkoniyatingiz bor — bu ham bo‘lsa yaxshi o‘qish, yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘zlashtirish va avtomototransport vositasini boshqarishni mukammal o‘rganishdir.
Kerakli malakaga ega bo‘lmasdan, korrupsion yo‘llar orqali haydovchilik guvohnomasini olish haqida o‘ylash endilikda ilojsiz va noto‘g‘ri qaror ekanligi haqida ogohlantiramiz», deyiladi YHXBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...