1 059
Komil Allamjonov: «Yo‘llarda o‘zgarish qilish uchun 3 ta asosiy masalaning yechimini topish kerak»
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov yo‘llarda o‘zgarish qilish uchun 3 ta asosiy masalaning yechimi topish kerak deya, taklif berdi.
«Bugun yo‘llarda ahvol juda yomon. Fojiali darajada yomon. Uning yechimi faqat o‘quv tashkilotlari, guvohnomani qanday olish bilan bog‘liq emas. Lekin ko‘chadagi ahvolni yaxshilash bo‘yicha 3 ta eng asosiy masala bor. Shu 3 ta masalaning yechimi topilgandan keyingina yo‘llarda tartib paydo bo‘ladi», deydi Komil Allamjonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi masala infratuzilma (yo‘llarning ravonligi, jamoat transporti tizimini yaxshilash, piyodalar va haydovchilar uchun yetarli sharoit, yo‘l belgilari, tizimning raqamlashtirilgani va h.k.)ga taalluqli.
Ikkinchi masala - ma’murchilik (yo‘l qoidalarning to‘g‘riligi, jazoning barcha uchun muqarrarligi, ashaddiy qoidabuzarlarga javobgarlikni kuchaytirish va h.k.).
Uchinchi o‘rinda - o‘qitish va imtihon masalasi (avtomaktablarda o‘qitish sifatini oshirish, o‘qimaganlarga haydovchilik guvohnomasini bermaslik).
«Bugun respublikada 1000 dan ortiq avtomaktablar faoliyat yuritmoqda. Ularning har birida, qoida bo‘yicha, o‘z avtodromi, o‘z avtoparki bo‘lishi kerak. O‘quv dasturi va amaliyot vaqtini to‘liq o‘tish lozim. Ana shunda bu yerdan sifatli haydovchilar yetishib chiqadi, hozir esa unday emas.
Yuqoridagi uchta masala hal bo‘lmas ekan, yo‘llarimizda ahvol yaxshi bo‘lmaydi. Faqat imtihonning sifatini oshirib, ammo ma’murchilik kuchli bo‘lmasa, infratuzilma talabga javob bermasa, avariya holatlari baribir bo‘laveradi. Bizning bosh maqsadimiz - o‘lim holatini nolga tenglashtirishga erishish», deydi Komil Allamjonov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina bir qator shaxslarga berilgan davlat mukofotlarini bekor qildi
Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!
Mayk Tayson yangi rekord bilan boks tarixiga kirdi