Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish bo‘yicha barcha masalalar hal qilib berilgani va bunga budjetdan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ham ko‘rsatib o‘tildi.
Uch oy muddatda «Texnolog» va «Agregat» zavodlari asbob-uskunalarini «Chirchiq klasteri»ga ko‘chirib, qurilish-montaj ishlarini joriy yilning 1 dekabr sanasiga qadar to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berildi.
«Bu degani «Chirchiq klasteri» 2023 yildan to‘liq ishlashni boshlashi kerak», — dedi davlatimiz rahbari.
Soha rahbarlari oldiga joriy yilda qishloq xo‘jaligi mashinasozligida:
- qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxini 12 foizga kamaytirish;
- ishlab chiqarishni 2 barobarga oshirish;
- eksportni 15 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari yana avtomobil uchun navbatlar mavzusiga qaytib, navbatda turgan har bir buyurtmachiga «UzAuto Motors» kompaniyasi tomonidan avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llash bo‘yicha topshiriq berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
JCH-2026 saralashi. Eron Qirg‘izistonda qiyin g‘alabaga erishdi, BAA – Qatar o‘yinida «o‘zbekistonlik» legioner 4ta gol urdi
Grandlar nishonida turgan Husanovning o‘yini Yevropada qanday baholandi?
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi