«Iqtisodiy sharh» jurnali tahririyati 2022 yil fevral oyi uchun birlamchi bozordagi eng manfaatli avtokreditlar reytingini e’lon qildi.
Kreditlar dastlabki to‘lov, foiz stavkasi, imtiyozli davr, kredit muddati va miqdori hisobga olingan holda ko‘rib chiqildi.
Hozirda 32 tadan jami 21 ta bank avtokredit xizamatini taqdim etmoqda.
Birinchi o‘rinni «Aloqa bank» egalladi — bu yerda 22,99 foizlik yillik stavka, 10 foizlik boshlang‘ich to‘lov va 3 oylik imtiyozli davrga ega bo‘lgan 4 yillik muddat belgilangan. Avtokredit sifatida beriladigan summa miqdori eng ko‘pi bilan 1 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Davr bank ikkinchi o‘rinda turibdi. Bu yerdagi boshlang‘ich to‘lov 30 foizni, foiz stavkasi 19 foiz, maksimal kredit summasi 1 mlrd so‘mni, kredit berish muddati esa imtiyozli davrga ega bo‘lmagan 48 oyni tashkil qiladi.
Uchinchi o‘rinda esa Turon bank qayd etilgan. Yillik foiz stavkasi 22,9 foizni, boshlang‘ich to‘lov 20 foizni, kredit muddati imtiyozsiz 48 oyni tashkil qilib, maksimal kredit summasi 500 mln so‘mgacha belgilangan.
Ravnaq bank, «Xalq banki» va «Savdogar bank» ketma-ket 37 va 39-o‘rinlarni egallamoqda.
Jadval: «review.uz»
Davr bank (19 foiz), «Ipak yo‘li banki» (21,9 foiz), «Poytaxt bank» (22 foiz), «Aloqa bank» (22 foiz) va «Sanoat qurilish bank» 922 foiz) eng past stavkalarni taklif qilayotgan bo‘lsa, eng yuqori stavkalar Ravnaq bank (29 foiz) tomonidan taqdim etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi