1 775
«Bojxona to‘lovlari 0 foiz bo‘lishi kerak» — Mirziyoyev import avtomobillariga qo‘yilgan bojlar haqida
Shavkat Mirziyoyev huzurida 14 fevral kuni mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda avtomobil sotib olishdagi navbatlar va oldindan to‘lov qilish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalidagi «Menimcha» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Bugungi kunda xaridor bitta avtomobil xarid qilishi uchun to‘lovning belgilangan qismini to‘lagandan so‘ng ham bir necha oy navbati kelishini kutishga to‘g‘ri kelmoqda. Prezident eng avvalo shu muammoni uzil-kesil 1 mayga qadar hal qilish shart ekanini bildirdi.
Shuningdek, yig‘ilishda import avtomobillariga qo‘yilgan bojxona bojlari masalasi ham ko‘rib chiqildi.
«Baribir sekin-sekin bu bojxona to‘lovlari 0 foiz bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lishi kerak. Arzon, sifatli. Bir oddiy shifokor, oddiy mehnatkash, oddiy fuqaromiz qancha mehnat, mashaqqat qilib yig‘gan pulini bir yilga avtosanoatga aylantirish uchun berib qo‘yishi — adolatdan emas», – deydi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi