1 844
«O‘zavtosanoat» rahbari avtomobil sotib olishdagi navbatlarni sotish sxemasini oshkor qildi
«O‘zavtosanoat» raisi Shavkat Umurzoqov 14 fevral kuni mashinasozlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyevga UzAuto Motors avtomobillarini sotib olish uchun navbatlar paydo bo‘lishi sabablarini tushuntirdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalidagi «Menimcha» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Kompaniya ishlab chiqarishning qisqarishini dunyoda yarimo‘tkazgichlar yetkazib berishdagi uzilishlar va logistika muammolari bilan izohlagan.
«Bugungi kunda Lacetti ishlab chiqarishni 51 ming donadan 80 ming donaga ko‘tardik. Bu ham yetmayapti. Bu yerda qiyinchilik shundan iboratki, buning mahalliylashtirish darajasi yuqori emas, Koreyadagi ishlab chiqaruvchilarining quvvati esa 30−50 ming avtomobilga moslashib qolgan. Hozir buning ham yechimini topdik — hamma lokalizatsiyani olib kelib, ishlab chiqarishni 80 mingga olib chiqyapmiz», — deydi «O‘zavtosanoat» rahbari.
UzAuto Motors 2021 yilning iyul oyidayoq avtomobillar yetishmasligi sababli «avtomobillarni sotish va sotib olishning noqonuniy sxemalari» yuzaga kelganini xabar qilgan edi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim shaxslar pul evaziga savdo tizimini chetlab o‘tib, avtomobil olish uchun navbatini berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Shavkat Umurzoqov navbatda turgan joyni sotish sxemasini batafsil bayon qilgan. Bugungi kunda avtosalonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobilni xarid qilishda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (hisobvaraq-faktura) beradi. Uning ta’kidlashicha, diler nusxasini saqlab qoladi va xaridor avtomobilni o‘z nomiga rasmiylashtirish uchun asl nusxani YHXBBga olib borishi kerak. Aynan shu bosqichda korrupsion holat yuzaga keladi va navbat buziladi.
«Oldinlari YHXBB tomonidan qog‘oz ko‘rinishida hisobvaraq-faktura — ma’lumotnoma berilardi, uning nusxasiga UzAuto Motors tomonidan shartnoma asosida sotib olgan odamning familiyasi yozib berilardi. Asliga bo‘lsa navbatsiz fuqaroga yozib berilib, YHXBBga topshirilardi. Shu bilan navbat buzilardi. Biz buni aniqladik. Shu bilan korrupsiya bo‘lar edi», — deydi Umurzoqov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda UzAuto Motors hisob-fakturalardan foydalanishdan voz kechish maqsadida YHXBB ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyani joriy etmoqda.
«Endilikda shartnoma tuzilganidan keyin VIN-raqam avtomat ravishda bazaga tushadi. Mashina chiqqanida u yerga ma’lumotnomani olib borish shart bo‘lmaydi. Bu tizim mart oyida ishga tushiriladi. Xudo xohlasa, bu holatlarni butkul yo‘q qilamiz», — deya ma’lum qilgan «O‘zavtosanoat» rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi