Yo‘l harakatini tashkil etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan «Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida»gi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Unda yo‘l harakatini tashkil etishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- fuqarolar manfaatlarining ustuvorligi;
- yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha faoliyat va tadbirlarning tizimliligi;
- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi;
- piyoda va velosiped harakatlanishi uchun sharoit yaratish;
- ochiq va jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor etish.
Ushbu qonun asosida «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, jumladan quyidagilarni belgilash nazarda tutilgan:
- Haydovchilik huquqini olishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati;
- Haydovchilik huquqini olgandan keyin transport vositasini boshqarishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati.
«Ko‘rib turganimizdek, bundan buyon avtomobil haydashning o‘zi bo‘lmaydi. Mas’uliyat bir emas, o‘n baravar oshadi. Albatta mas’uliyat oshishi haydovchilar bilan bir qatorda nazorat qiluvchi organlarning xodimlarida ham parallel ravishda kechmog‘i lozim», – deya qo‘shimcha qilgan deputat. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
KXDR - O‘zbekiston: Futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing