
O‘zbekistonda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana o‘zgargan. Hukumat qarori bilan «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Xususan, kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan:
- 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha (oldin 2022 yil 31 martgacha edi);
- 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha (oldin 2022 yil 30 iyungacha edi);
- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha (oldin 2022 yil 30 sentabrgacha edi);
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha (oldin 2022 yil 31 dekabrgacha edi.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar