O‘zbekistonda endi haydovchilikni endi boshlaganlar boshqarayotgan mashinalarda qizil undov belgisi tasviri tushirilgan maxsus belgisi bo‘ladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, haydovchilik malakasi yetarli bo‘lmagan, staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarida “!” belgisi tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr bo‘lgan kvadrat ko‘rinishidagi belgi bo‘lishi shart.
Bu qoida traktorlar, o‘ziyurar mashinalar va motosikllarga amal qilmaydi.
Yo‘l harakati qoidalariga kiritilmagan belgilarni o‘rnatish, shuningdek, avtomobil kuzovi va oynalariga turli yozuvlarni qo‘llash taqiqlanadi. Belgilangan tartibda reklama maqsadidagi yozuvlarni qo‘llash istisno hisoblanadi.
Avvalroq O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari tasdiqlangani xabar qilingan edi. Yangi tahrirdagi YHQ 2022 yil 1 maydan boshlab kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi