Bir yoki ikki oy ichida Moskvada Lugansk va Donetsk xalq respublikalarining elchixonalari ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” diplomatik manbaalarga tayangan holda xabar berdi.
“Biz (buni) yaqin kelajakda amalga oshirishga harakat qilamiz, qanchalik tez bo‘lsa, shuncha yaxshi. Biz muayyan ishlarni bajaryapmiz”, - degan suhbatdosh.
Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni Rossiya Lugansk va Donetsk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgandan so‘ng darhol ular bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.
Bir kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR mustaqilligini tan olish haqidagi farmonlarni imzoladi. Bundan tashqari, har ikki respublika bilan do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnomalar imzolandi.
Farmon oldidan davlat rahbarining rossiyaliklarga katta, dasturiy telemurojaati bo‘lib o‘tdi, unda Putin o‘z qarorini batafsil tushuntirib berdi va Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan vaziyatni muhokama qildi.
“Qon to‘kish, zo‘ravonlik, qonunbuzarlik yo‘liga o‘tganlar Donbassning harbiy qarordan tashqari boshqa hech qanday qarorini tan olishmadi va tan olishmaydi. Shu munosabat bilan men uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan qarorni qabul qilishni zarur deb hisoblayman — zudlik bilan DXR va LXR mustaqilligini tan oling”, dedi o‘sha paytda prezident.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi “DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish” deb atagan. Operatsiya maqsadi —“Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya askarlari zarbalarni faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25 martda yakunlandi - Ukrainaning jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi