
Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
«Biz boshqa davlatlar singari Ukrainaning ham hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz va buni ochiq e’lon qilamiz, daraxt orqasiga bekinmaymiz. Ha, Rossiya bilan yaxshi munosabatda ekanimizni inkor etmaymiz. Xalqaro huquq tamoyillari hech qanday holatda siyosiy ustunlik sabab buzilmasligi kerak», — deya Aliyevning bayonotidan iqtibos keltirgan «Interfaks».
Agentlik xabariga ko‘ra, Aliyevning Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonoti Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro fonida yangragan. Davlat rahbarining fikricha, xalqaro hamjamiyat Gruziya va Moldovaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan, ammo Ozarbayjonga bunday munosabat ko‘rsatmagan.
23 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ilhom Aliyev Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini,Kiyev Ozarbayjonning Rossiya—Ukraina o‘rtasidagi mojaroga nisbatan neytral pozitsiyasini tushunishini aytgandi. «Biz neytrallik muvozanatini tushunamiz, chunki ularda urush chiqishi mumkin. Ammo biz bundan-da ko‘proq narsa kutyapmiz va uzoq vaqt tushuna olmaymiz, chunki bu biz uchun og‘ir bo‘ladi», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avval O‘zbekiston va Qozog‘iston Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, Lugansk va Donetsk mustaqilligini tan olmasligini ma’lum qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar