21:42 / 04.05.2022
2 071

Shoygu: NATOning Ukrainaga harbiy yordam ortilgan har qanday transporti Rossiyaning qonuniy nishoniga aylanadi

Shoygu: NATOning Ukrainaga harbiy yordam ortilgan har qanday transporti Rossiyaning qonuniy nishoniga aylanadi
Foto: RIA Novosti
NATO mamlakatlarining Ukrainaga harbiy yordam ortilgan har qanday transporti Rossiya harbiylarining «qonuniy nishoni»ga aylanadi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

Shoyguning qayd etishicha, Rossiya armiyasi Donbassdagi nazoratga olingan hududlarni kengaytirdi. Uning bildirishicha, rossiyalik harbiylar fuqarolarni himoya qilish choralarini ko‘rmoqda, tinch aholini jangovar harakatlar borayotgan hududlardan evakuatsiya qilish uchun har kuni gumanitar yo‘laklar ochilmoqda.

U Rossiya harbiylari Mariupol hududini to‘liq nazoratga olgani, shaharga tinch hayot qaytganini qayd etdi.

Shoygu ukrainalik harbiylar Rossiya tomonining «Azovstal» zavodi hududidagi tinch aholini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi barcha takliflarini rad etayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari Ukrainani qurol bilan ta’minlashda davom etmoqda.

«Shimoliy Atlantika alyansining mamlakatga qurol yoki Ukraina qurolli kuchlari ehtiyoji uchun moddiy vositalar bilan kirib kelgan har qanday transporti yo‘q qilish uchun qonuniy nishon sifatida ko‘riladi»,- dedi Rossiya mudofaa vaziri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shoygu: NATOning Ukrainaga harbiy yordam ortilgan har qanday transporti Rossiyaning qonuniy nishoniga aylanadi