
Foto: AP
Isroil prezidenti Itsxak Gersog Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning natsistlar Germaniyasi rahbari Adolf Hitlerning kelib chiqishi yahudiy bo‘lishi mumkinligi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.
Isroil prezidenti Rossiya vazirining uzr so‘rashini kutayotganini aytdi. «Vaziyatni o‘nglash to‘g‘ri ish bo‘ladi, uzr so‘rash juda zarur», - dedi u.
Gersogning so‘zlariga ko‘ra, u Lavrovning bayonotini qayta-qayta o‘qib chiqqan va bunga ishona olmagan. «Avvaliga bu so‘zlarni Rossiya tashqi ishlar vaziri aytganiga ishona olmadim. Bu so‘zlar menda g‘azab va nafrat uyg‘otdi", – dedi Isroil prezidenti.
Shu bilan birga, Gersog Lavrovning bayonoti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazmaydi deb hisoblashini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar