Foto: Reuters
Rossiya bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Oliy Rada deputati David Araxamiya Rossiya qo‘shinlari Mariupoldagi so‘nggi qarshilik markazi bo‘lmish «Azovstal» zavodi hududiga kirganini aytdi.
«Ikki kundan buyon zavodni shturm qilishga urinishlar davom etmoqda. Rossiya qo‘shinlari allaqachon ‘Azovstal’ hududida», — dedi Araxamiya zavodda qolayotgan «Azov» polki komandirining so‘zlariga asoslanib. Uning ta’kidlashicha, 4 may kuni kechqurun Ukraina hukumati zavod hududida joylashgan harbiylar bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan.
4 may kuni ertalab «Ukrainskaya pravda» manbalari «rossiyaliklar zavodga bostirib kirgani», korxona hududida shiddatli janglar ketayotgani haqida xabar bergandi. Nashr ukrainalik harbiylar «Azovstal»dagi odamlar bilan bog‘lana olmayotganini qayd etgan.
Shahar tashqarisida bo‘lib turgan Mariupol meri Vadim Boychenko 4 may kuni Ukraina televideniyesi orqali «Bugun bizning qal’a hududida, ‘Azovstal’ hududida og‘ir janglar ketmoqda» dedi.
3 may kuni Rossiya qo‘shinlari «Azovstal»ga zarba berishni qayta boshladi. «Azov» polki komandiri o‘rinbosari Svyatoslav Palamar «zirhli texnikalar, tanklar ko‘magida zavod hududiga kuchli hujum davom etayotgani, katerlar va ko‘p sonli piyodalar yordamida desantlarni tashlashga urinishlar bo‘layotganini» aytgan.
Mariupol 1 martdan beri Rossiya armiyasi tomonidan qamalga olingan. «Azovstal» zavodida «Azov» polki askarlari, dengiz piyodalari, chegarachilar, shuningdek, tinch aholi vakillari qolmoqda, deb yozadi «Ukrainskaya pravda». 3 may kuni Mariupoldan, jumladan, zavod hududidan evakuatsiya qilingan bir guruh odamlar Zaporojega keldi.
21 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Azovstal»ga hujumni bekor qilishni buyurgandi. U buni Rossiya askarlarining hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish zarurati bilan izohladi. «Ushbu sanoat zonasini pashsha ham uchib o‘ta olmaydigan qilib qurshab oling», — dedi u mudofaa vaziri Sergey Shoyguga. 4 may kuni Shoygu «‘Azovstal’ zavodining sanoat zonasida joylashgan jangarilarning butun perimetr bo‘ylab xavfsiz tarzda to‘sib qo‘yilgani» haqida ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas