Kuchli yomg‘ir va sel tufayli Afg‘onistonning 12 ta viloyatida suv toshqinlari yuz bergan, oqibatda 22 kishi qurbon bo‘lgan, 40 dan ortig‘i yaralangan.
«Tolibon» hukumati esa afg‘on xalqini zudlik bilan bu balodan asrash uchun xalqaro tashkilotlardan insonparvarlik yordami so‘ragan. Suv toshqinlari oqibatida yuzlab uylar vayronaga aylangan.
Kuchli yomg‘ir va suv toshqinlarining fojialisi Badg‘is, Faryob va Bag‘lan viloyatlarida kuzatilgan. Hozir mamlakatdagi qashshoqlikning oldini olish uchun toliblar bor kuchini ishga solyapti.
Qizig‘i shuki, so‘nggi yillarda Afg‘oniston qurg‘oqchilikdan aziyat chekib kelayotgandi. Iqlim o‘zgarishi tufayli hosildorlik keskin tushib ketgan, bu esa bevosita xalqning ijtimoiy ahvoliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, bunday sel va suv toshqinlari O‘zbekistonga ham yaxshigina zarar yetkazgan. Ayniqsa, Jizzax viloyatida bu tabiiy ofat ko‘plab uylarni vayron qilgan, yo‘llarni izdan chiqargan, odamlarni nochor ahvolga solib qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi