07:00 / 07.05.2022
1 372

Rossiyani o‘tgan 3 oy ichida 3,8 mln kishi tark etdi

Rossiyani o‘tgan 3 oy ichida 3,8 mln kishi tark etdi
Foto: careerist.ru
2022 yilning birinchi choragi davomida Rossiyani 3,8 mln kishi tark etdi. Xabar qilinishicha, ularning aksariyati Turkiya (364 ming kishi), Misr (352 ming) va Qozog‘istonga (205 ming) chiqib ketgan.

Yana 134 mingga yaqin kishi Armanistonga yo‘l olgan. Bundan tashqari, 92 ming nafar rossiyalik Dominikan respublikasi, 61 mingi Germaniya, 48 mingi Litva va 38 ming nafari Gruziyaga ketgan.

Avvalroq O‘zbekistonga Rossiya va Belarusdagi minglab IT-mutaxassislari ko‘chib kela boshlagani xabar qilingandi. Mahalliy IT-park direktori o‘rinbosari Bahodir Ayupovning aytishicha, 2022 yil fevral oyi oxiridan buyon mamlakatga Rossiya va Belarusdan 5-6 ming atrofida odam kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyani o‘tgan 3 oy ichida 3,8 mln kishi tark etdi