Foto: AFP
Tergovchilar Putinga aloqador deb hisoblagan superyaxta Yevropa ittifoqi tomonidan xatlovga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar saqlanadi, deb xabar berdi Italiya rasmiylari.
Italiya hukumati 6 may, juma kuni Aleksey Navalniyning tarafdorlariga ko‘ra, aslida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegishli bo‘lgan «Shahrizoda» superyaxtasini ushladi.
Yaxta Marina-di-Karrara portida ushlandi. Italiya Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabarida yaxtaning kimga tegishli ekanligi aytilmagan. Rasmiylar faqatgina Italiya moliya politsiyasi tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda kemaning Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostidagi Rossiya hukumati yuqori martabali amaldorlari va shaxslari bilan «muhim iqtisodiy va biznes aloqalari» borligi aniqlanganini bildirdi.
Italiya mahkamasining press-relizida aytilishicha, yaxta Yevropa ittifoqi uni xatlab qo‘yish va haqiqiy egasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmaguniga qadar ushlab turiladi.
«Shahrizoda» Kayman orollarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, haqiqiy egasi noma’lum bo‘lgan Bielor Asset Limited ofshor kompaniyasiga tegishli. SuperYachtFan ma’lumotlariga ko‘ra, kema 700 million dollarga baholangan.
Yaxta bilan bog‘liq holda Putinning ismi bir necha bor paydo bo‘lgan. The New York Times gazetasining taxminicha, kema «Yaqin sharqdagi milliarder» yoki «juda katta aloqalarga ega rossiyalik - hatto Putinga» tegishli bo‘lishi mumkin.
Mart oyida Aleksey Navalniyning tarafdorlari yaxta va Kreml o‘rtasidagi aloqani aniqlashga muvaffaq bo‘lgan tergovni e’lon qildi. Surishtiruvchi yaxta ekipaji ro‘yxatini o‘rganib chiqib, uning kapitandan tashqari barcha a’zolari Rossiya fuqarolari ekanini aniqladi. Ularning yarmi Federal xavfsizlik xizmati bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi.
«Bu yaxtaning Putinga tegishli ekanligiga bundan yaxshi dalil topa olmaymiz. Hatto Moskvadan minglab kilometr uzoqlikdagi Italiyada ham Putinning qo‘riqchilari va shaxsiy xodimlari sifatida rasman ro‘yxatga olingan odamlar kemada ishlayapti», - deya izoh berdi surishtiruv mualliflari. Ular ham Putinga qarshi Yevropa ittifoqi sanksiyalari kiritilgani tufayli yaxtani xatlovga olishni talab qilgan.
Yaxta ekipajining sobiq a’zosi ham The New York Times’ga yaxta haqiqatan ham Putinga tegishli ekani bortda tez-tez muhokama qilinganini aytdi. Mart oyida Italiyaning La stampa gazetasi Italiya huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, yaxtaning rasmiy egasi «Rosneft» sobiq rahbari Eduard Xudaynatov ekanini xabar qilgan edi.
«Shahrizoda» uzoq vaqt davomida uzunligi 140 metrdan ortiq bo‘lgan 14 ta yaxta ichida egasi oshkor etilmagan yagona kema bo‘lib qolayotgandi. Yaxtada oltita paluba, oltita mehmonlar kayutasi, spa-salon, massaj xonalari, saunalar va sport zali mavjud. NYT ma’lumotlariga ko‘ra, kema raqs maydonchasiga aylana oladigan basseyn bilan jihozlangan.
Yaxtada ikkita vertolyot maydonchasi va vertolyot uchun angar mavjud. Bortda uchta kamin bor: ikkita gaz va bitta o‘tin yoqiladigan kamin - «hatto superyaxtalar uchun ham juda kam uchraydigan narsa», deb yozadi Navalniyning tarafdorlari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi