Kaniza qizining 4 yoshini nishonladi (video)

Kaniza taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Shahrizoda Ahmedova kecha quvonchli kunni nishonladi. San’atkorning qizi Aisha 4 yoshga to‘ldi.
Xonanda bu haqda kecha Instagram sahifasida joylagan videosi orqali ma’lum qildi. Unda Kaniza qizi bilan tug‘ilgan kun munosabati bilan bezatilgan fotozona qarshisida tushganini ko‘rish mumkin. Dekoratsiyada «Happy birthday Aisha 4» yozuvi aks etgan.
Xonanda qizalog‘ining tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga bag‘ishlab ta’sirli so‘zlarni ham yozdi. U Aishani uzoq kutilgan orzulari va duolarining ro‘yobi deb atab, uning dunyoga kelishi hayotiga o‘zgacha mazmun bag‘ishlaganini ta’kidladi.
Kaniza qizi uchun uzoq umr, baxtli hayot va barcha orzulariga yetishini tilab, uni dunyodagi barcha narsadan ortiq sevishini bildirdi.
Xonandaning kuzatuvchilari ham izohlarda Aishani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga samimiy tilaklarini yo‘llamoqda.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…