01:16 / 09.05.2022
1 563

Urushning 73-kuni: Raketa zarbasidan qolgan o‘ralar, kuyib kul bo‘lgan muzey eksponatlari

Urushning 73-kuni: Raketa zarbasidan qolgan o‘ralar, kuyib kul bo‘lgan muzey eksponatlari
Urushning 73-kunida Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududidan barcha ayollar, bolalar va qariyalar evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 5 maydan 7 mayga qadar zavoddan 51 kishi olib chiqilgan.

Jami 300 ga yaqin tinch aholi «Azovstal»dan evakuatsiya qilingan. Rossiya aviatsiyasi Lugansk viloyati Belogorovka qishlog‘ida 90 kishi yashiringan maktabga zarba berdi. Odamlarning 30 nafari qutqarib olindi, kamida ikkitasi halok bo‘ldi, qolganlarining taqdiri hozircha noma’lum, ammo ular halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deydi Ukraina rasmiylari.

Kiyev

Kiyev viloyati, Makarov qishlog‘i yaqinida vayron qilingan rus tanki ustida turgan qizcha.
Foto: Reuters

Xarkov viloyati

Faylasuf va shoir Grigoriy Skovorodaning adabiy-memorial muzeyidagi kuyib kul bo‘lgan narsalar. Muzey Rossiya tomonidan bombardimon qilingan. Skovorodinovka, Xarkov viloyati.
Foto: Reuters


Muzey xodimlari Skovoroda haykalini xarobalar ichidan olib chiqmoqda.
Foto: Reuters


Xarkov viloyatidagi Ukraina artilleriyasi.
Foto: EPA

Donbass shimoli

Lugansk viloyatining Lisichansk shahrida yashovchi fuqaro elektr kabelini qayta ulash uchun ustunga chiqmoqda. Shaharda 12 kundan beri elektr toki yo‘q.
Foto: AFP


Donetsk viloyatining Bahmut shahrida raketa snaryadi kelib tushishidan hosil bo‘lgan o‘ra. Avval bu yerda turar joy binosi bo‘lgan.
Foto: Reuters


Bahmutlik ikki kishining jasadi dafndan oldin. Shahar bo‘ylab raketalardan zarba berilgan.
Foto: Reuters


Bahmutda raketa zarbasidan keyin paydo bo‘lgan o‘ra.
Foto: AP Photo


Ko‘ngilli Severodonetsk aholisi uchun gumanitar yordam tarqatish punkti omboridan oziq-ovqat mahsulotlarini tushirmoqda. Oziq-ovqatlar har kuni yetkazib beriladi.
Foto: AFP


Severodonetskda yashovchi erkak gumanitar yordam tarqatish punktidan oziq-ovqat olib ketmoqda
Foto: AFP


Severodonetskda 65 yoshli ayolning kvartirasi besh kun avval o‘qqa tutilib vayron bo‘lgan. Ayol hozir uyi yaqinida tashlandiq mashinada yashamoqda.
Foto: AFP
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 73-kuni: Raketa zarbasidan qolgan o‘ralar, kuyib kul bo‘lgan muzey eksponatlari