Zelenskiy Patron laqabli sapyor itni «Fidokorona xizmatlari uchun» medali bilan taqdirladi

1 daqiqa o'qish1.5K
Zelenskiy Patron laqabli sapyor itni «Fidokorona xizmatlari uchun» medali bilan taqdirladi
8 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlariga «Fidokorona xizmatlari uchun» medallarini topshirdi. Taqdirlash marosimi Ukrainaga tashrif buyurgan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Mukofotlanganlar orasida Patron laqabli it ham bor, u jangovor harakatlar kechayotgan hududlarda minalarni qidirishga yordam bergan. Patron ijtimoiy tarmoqlarda mashhur, Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari uni o‘zlarining tumori deb biladi.

«Men nafaqat portlovchi ob’yektlarni zararsizlantirishga yordam berayotgan, balki bolalarimizga mina xavfi mavjud bo‘lgan hududda zarur xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishda ko‘maklashayotgan sapyor Patronni taqdirladim», — deya Zelenskiydan iqtibos keltiradi «Interfaks-Ukraina».

Patron Tryudo bilan tanishganidan xursand bo‘ldi, deb yozadi Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati o‘zining Telegram’dagi kanalida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?