Foto: AFP
Fransiya sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon xotinini soxta ravishda ishga joylashtirgani ishi bo‘yicha to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi, u buning bir yilini qamoqda o‘taydi. Bu haqda BMF telekanali xabar berdi.
Uning xotini Penelopa Fiyon shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qayd etilishicha, Penelopa Fiyon eri bir necha yil davomida parlament quyi palatasida deputat bo‘lib ishlagan vaqtida uning yordamchisi sifatida qayd etilgan va noqonuniy tarzda 500 ming yevro maosh olgan.
Fransua Fiyon 2007-2012 yillarda Fransiya vazirlar mahkamasiga raislik qilgan.
Fiyon 2016-2017-yillarda prezident saylovi poygasida ishtirok etgan va ehtimoliy g‘oliblardan biri deb hisoblangan. Biroq yuqoridagi ayblov sababli poygadan chiqqan.
Parij sudi 2021 yildan Fiyonni mazkur ish bo‘yicha aybdor deb topgan va besh yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. U ikki yilni qamoqda o‘tkazishi lozim edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi