15:28 / 10.05.2022
1 397

Bill Geyts Ukrainadagi voqealar sababli yuzaga keladigan iqtisodiy tanazzuldan ogohlantirmoqda

Bill Geyts Ukrainadagi voqealar sababli yuzaga keladigan iqtisodiy tanazzuldan ogohlantirmoqda
Foto: Hollie Adams / Bloomberg
Bill Geytsga ko‘ra, dunyoda foiz stavkalarining oshishi global iqtisodiy tanazzulga olib kelishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Geyts Ukrainadagi voqealarning iqtisodiyotga ta’sirini koronavirus pandemiyasidan ham jiddiyroq deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi mojarolar tovarlar narxining oshishiga, yetkazib berish zanjirlari bilan bog‘liq muammolarning yomonlashishiga va davlat qarzining oshishiga sabab bo‘lgan.

Mamlakatlarning inflyatsiyani boshqarishga bo‘lgan sa’y-harakatlari foiz stavkalarini oshirishga olib keldi, bu esa oxir-oqibat iqtisodiy inqirozga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, u fond birjasi «ayiqlari» (qimmatli qog‘ozlarni sotadigan yoki bozor inqirozidan oldin qisqa pozitsiyalarni ochadigan bozor ishtirokchilari) bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli argumentga ega ekanligini ta’kidladi.

Avvalroq dunyoda 1970 yillardan beri eng katta narx inqirozi boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Jahon bankiga ko‘ra, 2022 yilda energiya narxi 50 foizdan ko‘proq, noenergetika tovarlari esa deyarli 20 foizga oshadi.

Keyingi yillarda deyarli barcha turdagi tovarlar narxi pasayadi, ammo xom ashyo narxi o‘rtacha besh yillik qiymatlardan ancha yuqori bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts Ukrainadagi voqealar sababli yuzaga keladigan iqtisodiy tanazzuldan ogohlantirmoqda