
Foto: Reuters
Boliviyaning mahbuslar ko‘p qamoqxonalarida kitob o‘qish orqali qamoq muddatini bir necha hafta va kunlarga qisqartirishga imkon beradigan «Panjara ortidagi kitoblar» dasturi ishga tushirildi. Dastur savodxonlikni oshirish va mahbuslarga umid berish maqsadida boshlandi. Boliviyada o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi yo‘q, lekin sud tizimi sust ishlashi sababli ko‘p vaqt qamoqda qolib ketish mumkin.
Ayni paytda dastur ta’lim uchun resurslari bo‘lmagan, ijtimoiy yordam dasturlari bilan integratsiya qilinmagan 47ta qamoqxonada amal qilyapti. Hozirgacha 865 nafar mahkum yozish va o‘qish mahoratini yaxshilash ustida ishlamoqda. Ular orasida hali endigina savod chiqarayotganlari ham bor.
Human Rights Watch Boliviya qamoqxonalarida mahbuslar haddan tashqari ko‘p va sanitariya holati talab darajasidamas. Mahkumlar tibbiy xizmat yomonligi sabab namoyishlar ham uyushtirishgan. Bu holatda mahkumlar uchun o‘qishni o‘rganish orqali jazo muddatini kamaytirish qamoqxona devorlaridan qochish kabi bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar