10 may kuni Katalin Novak Vengriya prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi. U mamlakat tarixida ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ldi, deb yozmoqda «TASS».
Vengriyaning avvalgi prezidenti, so‘nggi o‘n yil davomida davlat rahbari bo‘lib kelgan Yanosh Ader Vengriya prezidentlarining rasmiy qarorgohi – Shandora saroyining kalitlarini Katalin Novakka topshirdi. Bu qadimiy bino Budapeshtdagi Qal’a tepaligida joylashgan.
Katalin Eva Vereshne-Novak 1977 yilda tug‘ilgan, u iqtisod va huquq fanlari bo‘yicha diplomlar sohibasi. 2017—2021 yillarda u bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi Vengriyaning «Fides» siyosiy partiyasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan.
2022 yil 10 martda Vengriya Milliy assambleyasi Katalin Novakni mamlakat prezidenti etib sayladi. Mamlakatning avvalgi rahbari Yanosh Ader ham «Fides» partiyasi vakili edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi