13:51 / 12.05.2022
5 443

Ukrainadagi urushning 77-kuni: «Azovstal»dagi portlash va Xarkovdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 77-kuni: «Azovstal»dagi portlash va Xarkovdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari
Ukrainadagi urush 77-kuni ham davom etdi. Mariupolda «Azovstal» uchun janglar davom etmoqda: Ukraina Rossiyaga yarador ukrain askarlarini rossiyalik harbiy asirlarga almashishni taklif qilgan, ammo hozircha javob bo‘lmadi. Xerson oblastidagi «yangi ma’muriyat» regionni Rossiya tarkibiga qo‘shish niyatini bildirdi. Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni Soloxi qishlog‘ini o‘qqa tutgan: bir kishi halok bo‘lib, yetti kishi yaralangan. Ukraina Milliy gvardiyasi urush boshidan buyon ilk bor o‘z yo‘qotishlarini ochiqladi: 501 kishi halok bo‘lib, 1697 kishi yaralangan.

Ukraina milliy jamoasining Germaniyada «Borussiya» Menhengladbah jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida Mariupolni qutqarishga chaqirayotgan muxlis.
Federico Gambarini/dpa via AP

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
  • Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda harbiy holat e’lon qilish bo‘yicha reja yo‘qligi, «maxsus amaliyot» esa reja bo‘yicha ketayotganini aytdi.
  • Sumi oblastida ilk bor rossiyalik harbiy sud qilinadi. U ukrainalik tinch aholi vakilini o‘ldirgan.
  • Xersondagi kollabratsionistlar hukumati Rossiyadan hududni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni so‘ramoqchi. Kreml barchasi xuddi Qrim bilan bo‘lgani kabi yuridik jihatdan to‘g‘ri amalga oshirilishi kerakligini aytdi.
  • Ukraina chorshanba kuni o‘z hududidan o‘tgan gaz quvurlaridan biri orqali Rossiya gazi Yevropaga yetkazib berilishini to‘xtatib qo‘ydi, bunga ushbu quvur o‘tgan hudud ustidan Rossiya bosqini tufayli nazorat yo‘qotilgani ro‘kach qilingan.
  • Ukraina «Azovstal»dagi o‘z harbiylari qurshovdan olib chiqilishi evaziga rossiyalik harbiy asirlarni berishni taklif qildi. Rossiya hozircha munosabat bildirmadi.
  • Buyuk Britaniya Shvetsiya va Finlandiya bilan tashqi tahdid yuzaga kelganda o‘zaro xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Quyida 11 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Mariupol

«Azovstal»dagi portlash. Ukraina Rossiyaga bu yerdagi yarador ukrain harbiylari uchun rossiyalik harbiy asirlarni taklif qildi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA


Qochqinlarni qabul qilish punktida mobil telefonlarni quvvatlash joyida smartfonga qarab turgan qizlar. Mariupoldan tinch aholi vakillari va harbiylarni evakuatsiya qilish bo‘yicha petitsiya 1,3 million imzo to‘pladi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Cherkasskoye posyolkasi bombardimon qilinishidan keyin hududni tozalayotgan ishchilar. Donetsk oblasti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, urush boshidan buyon hududda 352 kishi halok bo‘lgan. Bu ma’lumot Rossiya armiyasi tomonidan butkul vayron qilingan Volnovaha va Mariupolda qurbon bo‘lganlarni o‘z ichiga olmaydi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Privole qishlog‘ida yonib ketgan mashinalar.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Severskdan bo‘lgan bola Liman yaqinidagi evakuatsiya avtobusi derazasidan qaramoqda
AP Photo/Evgeniy Maloletka


Buvi va buvasi bilan Limandan evakuatsiya qilinayotgan qizcha
AP Photo/Evgeniy Maloletka


Liman shahridan evakuatsiya qilinayotgan odamlar. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar ushbu shaharga yurish boshlagan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA


Slavyansk yaqinida zenit-raketa majmuasi oldida turgan ukrain harbiylari. 11 may kuni AQSH Ukrainaga yordam sifatida qo‘shimcha 40 milliard dollar yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti

Ukrainalik shifokorlar Kiyevdan g‘arbdagi Zavalovka qishlog‘ida eksgumatsiya (murdani sud-meditsina ekspertizasi uchun go‘rdan kovlab olish) qilingan rossiyalik askar jasadini olib ketmoqda. Bugungi kunda Ukrainada 230 nafar atrofidagi halok bo‘lgan rossiyalik askarlar eksgumatsiya qilingan. Ularning aksari Kiyev atrofidagi hududlardan topilgan.
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Xarkov oblasti

Xarkov atrofidagi Severnaya Saltovka rayonida raketa zarbalaridan shikastlangan bino. 10 may kuni Ukraina mudofaa vazirligi mamlakat qurolli kuchlari rossiyalik harbiylarni oblast chegarasigacha chekintirgani haqida ma’lum qildi.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA


Xarkovdan 24 kilometr masofada joylashgan Olhovka qishlog‘idagi uyi oldida yig‘layotgan ayol.
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA


Politsiya va ko‘ngillilar Xarkov yaqinidagi Stepanki qishlog‘i bombardimon qilinishi vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadini eksgumatsiya qilmoqda.
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi urushning 77-kuni: «Azovstal»dagi portlash va Xarkovdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari