09:06 / 13.05.2022
6 242

AQSH Xarkov yaqinidagi ruhiy asab kasalxonasidagi odamlar ustidan tajriba o‘tkazgan

AQSH Xarkov yaqinidagi ruhiy asab kasalxonasidagi odamlar ustidan tajriba o‘tkazgan
Rossiya Mudofaa vazirligi Pentagonning Xarkov yaqinidagi ruhiy asab shifoxonasida Ukraina fuqarolari ustidan tajriba o‘tkazgani haqidagi ma’lumotlarga ega. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov ma’lum qildi.

Biz Pentagonning 1-sonli ruhiy asab kasalxonasida (Xarkov viloyati Streleche qishlog‘i) Ukraina fuqarolari ustidan g‘ayriinsoniy sinovlarini fosh qiluvchi yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdik. Tajriba qilinayotganlarning asosiy mezoni jismoniy sillasi qurigan 40-60 yoshdagi erkak jinsli bemorlar guruhi bo‘lgan”, - dedi Kirillov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Ukrainadagi asab kasalxonasi bemorlari ustidagi biologik tajribalarda o‘z ekspertlarining ishtirokini yashirishga uringan.

Biologik tadqiqotlarni o‘tkazganlarning AQSHga aloqasi borligini yashirish uchun ekspertlar uchinchi mamlakatlar hududi orqali kelishgan”, - dedi Kirillov. U Florida shtatidan bo‘lgan Linda Oportoning suratini ko‘rsatdi va u bunday tadqiqotlarda bevosita qatnashganini qayd etdi.
“2022 yil yanvarida tadqiqot o‘tkazgan xorijiy fuqarolar zudlik bilan evakuatsiya qilingan, ular foydalangan asbob-uskuna va preparatlar Ukrainaning g‘arbiy viloyatlariga olib ketilgan
”, - dedi Rossiya QKning radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Xarkov yaqinidagi ruhiy asab kasalxonasidagi odamlar ustidan tajriba o‘tkazgan