16:33 / 14.05.2022
1 319

BAAning yangi prezidenti etib shayx Muhammad ibn Zayd Ol-Nahayon saylandi

BAAning yangi prezidenti etib shayx Muhammad ibn Zayd Ol-Nahayon saylandi
Foto: WAM
Birlashgan Arab Amirliklari Oliy federal kengashi 14 may, shanba kuni Abu-Dabi valiahd shahzodasi, marhum prezident Xalifa ibn Zayd Ol-Nahayonning ukasi shayx Muhammad ibn Zayd Ol-Nahayonni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Bu haqda WAM milliy axborot agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kengash bir ovozdan Abu-Dabi valiahd shahzodasini Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti deb saylagan. Kengash majlisiga vaqtinchalik davlat rahbari vazifasini bajarayotgan vitse-prezident va bosh vazir, Dubay amirligi hukmdori shayx Muhammad ibn Rashid al-Maktum rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti va Abu-Dabi amiri Xalifa ibn Zayd Ol-Nahayon 13 may kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi.

So‘nggi yillarda BAA prezidenti davlat ishlari bilan deyarli shug‘ullanmasdi, mamlakatni boshqarishni poytaxt amirligi Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zaydga topshirib qo‘ygandi.

Marhum Xalifa ibn Zayd Ol-Nahayon BAA asoschisi Zayd Ol-Nahayonning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lgan bo‘lsa, shayx Muhammad ibn Zayd Ol-Nahayon uning uchinchi o‘g‘lidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAning yangi prezidenti etib shayx Muhammad ibn Zayd Ol-Nahayon saylandi