
Foto: Reuters
«Katta yettilik» (G7) davlatlari Ukrainaga zaruratga ko‘ra hali uzoq vaqt davomida qurol-yarog‘ yetkazib berishadi. Bu haqda G7 mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi haqidagi bayonotda ma’lum qilingan, deyiladi Reuters xabarida.
Shuningdek, bayonotda «Katta yettilik» a’zolarining Rossiyaga nisbatan iqtisodiy hamda siyosiy bosimni davom ettirishi ta’kidlangan.
G7 mamlakatlarining vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishi, jumladan, mamlakatning iqtisodiy sohadagi muhim yo‘nalishlariga nisbatan taqiqlar qo‘llanishini tasdiqlagan.
G7 mamlakatlari Belarusning siyosatini tanqid qilib, Minskdan Rossiya zo‘ravonligi uchun sharoit yaratmaslikni so‘radi. Bundan tashqari ular Xitoyni Rossiya sanksiyalarni aylanib o‘tishi uchun yordam bermaslikka chaqirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar