Foto: Courtesy of Titra Technology
Turkiya armiyasi bir yil ichida razvedka, jangovar soqchilik, qurol va yuk tashishda foydalaniluvchi uchuvchisiz boshqariladigan vertolyotlar bilan ta’minlanadi, deb xabar berdi Milliyet gazetasi.
Nashrning ma’lumot berishicha, sun’iy ongga ega bo‘lgan ilk ana shunday vertolyotdan yaqin kunlar ichida terrorizmga qarshi kurashda foydalaniladi.
Bunday vertolyotlar, ayniqsa Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh hududlarida kerak bo‘ladi, deb yozadi Milliyet.
Ishlab chiqaruvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, bunday vertolyotlarning dronlarga nisbatan ustun tarafi – ulardan har qanday ob-havo sharoitida ucha olishida. Vertolyotni ishlab chiqqan TITRA kompaniyasi vakilining aytishicha, uchuvchisiz vertolyotdan o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish, qishloq xo‘jaligi, fuqarolik ob’ektlarini qo‘riqlashda ham foydalansa bo‘ladi.
Uchuvchisiz boshqariladigan vertolyotning og‘irligi 250 kg bo‘lib, u shuncha yukni ko‘tara oladi. Vertolyot havoda 8 soatgacha turishi va 6,5 km balandlikda parvoz qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi