18:09 / 17.05.2022
1 339

Malida bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirishga urindi

Malida bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirishga urindi
Foto: Getty Images
Malida davlat to‘ntarilishining oldi olindi, bu haqda Assimi Goytaning muvaqqat hukumati ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

Isyonga urinish 12 mayga o‘tar kechasi «G‘arb davlati» ko‘magida «antiprogressist ofitserlar va unter-ofitserlarning kichik guruhi» tomonidan amalga oshirilgan. Aynan qaysi G‘arb mamlakati nazarda tutilgani noma’lum.

Bir nechta isyonchilar qo‘lga olingan va sudga topshiriladi. To‘ntarish maqsadi «Malining qayta tiklanishiga putur yetkazish» bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 18 avgust kuni Malida harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan edi, sentabr oyida esa mudofaa vaziri Bax Ndao vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi, Assimi Goyta vitse prezident etib tayinlangan edi. 2021 yilning 24 may kuni Bax Ndao va vaqtinchalik bosh vazir vazifasini bajaruvchi Moktar Uan harbiylar tomonidan hibsga olingandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Afrika va Yevropa ittifoqlari, G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy kengashi (ECOWAS), AQSH, Germaniya va Buyuk Britaniya Malida qo‘lga olingan siyosatchilarni zudlik bilan ozod etishga chaqirgan. Qo‘shma bayonot mamlakatdagi BMT missiyasi tomonidan tarqatilgandi. Keyinchalik ular hibsda iste’foga chiqish haqida ariza yozgan. Mali konstitutsion sudi esa polkovnik Assimi Goytani mamlakatning vaqtinchalik prezidenti etib tayinlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malida bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirishga urindi