date
views 2 261

AQSHdagi o‘zbek do‘konida pichoqbozlik bo‘ldi, qurbon bor (foto)

AQSHdagi o‘zbek do‘konida pichoqbozlik bo‘ldi, qurbon bor (foto)
16 may kuni Nyu-Yorkning Bruklin tumanida joylashgan «Navro‘z» oziq-ovqatlar do‘konida ikki erkak orasidagi janjal oqibatida bir kishi pichoqlangan. Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, urilgan pichoq jabrlanuvchining ko‘kragiga tekkan.

U zudlik bilan Maymonidis kasalxonasiga olib ketilgan va ko‘p o‘tmay olamdan o‘tgan. Mojaro soat 14:00 atrofida ro‘y bergan.

Maskan bilan tanish o‘zbekistonliklarning aytishicha, voqeadagi shaxslar supermarket ishchilari bo‘lgan. Biri ikkinchisini pichoqlagan, deydi jamoa vakillari. Jabrlanuvchi supermarketning go‘sht sotadigan qismida ishlagan.

Politsiyaning tasdiqlashicha, hujum qilganlikda gumonlangan 30 yoshli shaxs voqea joyida qo‘lga olingan. Hozirda tergov ishlari ketmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, janjallashgan shaxslarning biri o‘zbekistonlik, ikkinchisi tojikistonlik o‘zbek.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHdagi o‘zbek do‘konida pichoqbozlik bo‘ldi, qurbon bor (foto)