
Foto: Vesti.ru
«Sarmat» qit’alararo ballistik raketasi Rossiyaga yoqmagan qit’a qirg‘og‘ining yarmini yo‘q qilib yubora oladi. «Bilim» jamiyatining «Yangi ufqlar» marafonida «Roskosmos» rahbari Dmitriy Rogozin Rossiyaning qirg‘in quroli kuchini shunday ta’rifladi.
Rogozin «Angara» raketalariga ham to‘xtaldi. Ularning barchasi Plesetsk kosmodromiga yuborilgan. «Angara»lar — harbiy raketalar, mudofaa vazirligigi buyurtmasi asosida uchiriladi, dedi «Roskosmos» rahbari.
20 aprel kuni Plesetsk kosmodromi shaxtasidan davlat sinovlari doirasida «Sarmat» ballistik raketasiga birinchi start berilgandi.
«Sarmat»lar «Voyevoda» raketalari o‘rnini egallaydi. RF mudofaa vazirligi yangi raketalar olis masofalardagi nishonlarga zarba bera olishini, turlicha parvoz trayektoriyalariga egaligini ma’lum qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar