
Foto: Getty Images
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Moldova davlat rahbari Maya Sandu bilan uchrashuvda Ukrainadagi nizo ushbu mamlakatga ham ko‘chishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani butun mintaqa barqarorligiga xavf tug‘diradi va bundan ayniqsa Moldova jabr ko‘rishi mumkin. Pridnestrovedagi hodisalar Ukrainadagi nizoning qo‘shni mamlakatlarda ham kuzatilishi ehtimoli mavjudligini ko‘rsatmoqda», — degan Makron («RIA Novosti» iqtibosi).
Moldova shimolda, sharqda va janubda Ukrainaning Odessa, Vinnitsk va Chernovitsk viloyatlari bilan chegaradosh. Mintaqadagi vaziyat Rossiya Mudofaa vazirligi Donbass va Ukraina janubini nazorat qilish uchun olib borilayotgan operatsiyalarning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qilganidan keyin keskinlashgan. Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur operatsiyaning ahamiyati Pridnestrovega yo‘lak ochib rus tilida so‘zlashadigan aholiga o‘tkazilayotgan bosimlarga barham berishdan iboratligini qayd etgan.
26 aprelda Pridnestrovyada ketma-ket portlashlardan so‘ng terrorchilikning qizil darajasi e’lon qilindi, Tiraspol hududda teraktlar bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. Portlashlardan biri Respublika davlat xavfsizligi vazirligi binosi yaqinida yuz bergan, hukumat binoga granatomyotdan o‘t ochilgan deb hisoblamoqda. Mayak qishlog‘ida Rossiya radiosini retranslyatsiya qiluvchi markazning ikki antennasi ishdan chiqarilgan. Shuningdek, Parkana qishlog‘idagi harbiy qismga hujum uyushtirilgan. 13 mayda Tiraspoldagi harbiy chaqiriqqa tayyorlov binosiga portlaydigan aralashma solingan shisha idish uloqtirilgan. Pridnestrove mazkur hujumlar noma’lum shaxslar tomonidan qilinayotgani va ular Ukraina hududidan noqonuniy ravishda Moldovaga kirib olganini ta’kidlagan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga uringanlikda ayblagan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova bunga javoban Moskva noma’lum kuchlarning mintaqada nizo keltirib chiqarishga urinayotganini bildirganligini bayon etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar