23:44 / 20.05.2022
2 218

Baland devorlar va tikanli sim: “Azovstal”da taslim bo‘lganlar qayerda?

Baland devorlar va tikanli sim: “Azovstal”da taslim bo‘lganlar qayerda?
"Azovstal"da qamalga tushgan Ukraina harbiylari va millatchi "Azov" polki jangarilari ommaviy taslim bo‘lishda davom etmoqda. Yaradorlar shifoxonalarga, qolganlari Yelenovka yaqinidagi axloq tuzatish koloniyasiga yuborilmoqda.

Yaqinda lagerga Xalqaro Qizil Xoch vakillari va Kiyevning muzokaralar delegatsiyasi va jurnalistlar tashrif buyurdi. Millatchilar qanday sharoitlarda saqlanayotgani haqida batafsil RIA Novosti reportajida.

Turli ta’minot va turlicha ko‘rinish
Azovstal garnizoni taslim bo‘lganining ikkinchi kunida 600 dan ortiq odam zavodni tark etdi. Bu bir kun oldin taslim bo‘lgan guruh bilan farq juda katta. Dushanba kuni chiqqan ukrainaliklarning ko‘rinishi juda nochor edi: ular ozib ketgan, nochir kiyingan ko‘cha darbadarlariga o‘xshasa, seshanba chiqqanlar - butunlay boshqacha: ular toza kiyingan, yaxshi ovqatlangan va to‘yib uxlagani yuzlaridan bilinib turardi.

Ular rossiyalik va donetsklik harbiylarga ko‘z ostidan qarab, nigohi to‘qnash kelganda darhol ko‘zini olib qochishadi. Gap shundaki, dastlab chiqqanlar asosan armiyasi askarlari bo‘lsa. Seshanba kuni chiqqanlarning aksariyati “Azov” millatchi polkining jangarilari. Tekshiruv guruhi ularning ryukzaklarida boshqa narsalar qatorida, ko‘plab konservalarni topmoqda.

- “Azovstal” ning turli bunkerlarida oziq-ovqat bilan ta’minlashda farq katta, - deb tushuntiradi muzokaralarda ishtirok etgan DXR rahbari maslahatchisi Igor Kimakovskiy. - “Qayerdadir konserva, toza ichimlik suvi va dori-darmonlar zaxiralari bor edi. Boshqa joyda esa (ukraina harbiylari) har bir askarga 150 grammdan bo‘tqa va bir bo‘lak sala olishgan xolos. Suvni esa markaziy isitish quvurlaridan olishgan”.

Mahbuslar avtobuslarga joylashtirishdan oldin sinchiklab tekshiriladi. Qurol, kaska va bronjiletlar yuk mashinasining kuzoviga qo‘yiladi. Ukraina harbiylaridan biri avtomatni topshirishdan oldin uning stvol korobkasini o‘pib qo‘ydi.

Otishmalar ostidagi inspeksiya
Yaradorlar shifoxonalarga, qolganlar Yelenovkadagi koloniyaga yetkazilyapti. Chorshanba kuni shifoxona va koloniyaga ham Xalqaro Qizil Xoch (XQX) delegatsiyasi va ukrainalik muzokarachi vakillar tashrif buyurdi. Novoazovskdan to‘shakda yotgan mahbuslarning bir qismi bir kun avval Donetskning Petrovskiy tumanidagi 15-shahar klinik kasalxonasiga yetkazilgan va bu kasalxona muntazam o‘qqa tutilgan.

Inspeksiya bu yerga kelganida, go‘yo buyurtma bo‘yicha, kanonada boshlanadi. Har ikki tomondan minomyotlar va gaubitsalar gumburlaydi, “Grad” reaktiv snaryadlari shitirlaydi, chiqib ketayotgan raketalar o‘rnini gumburlab kelayotgan qiruvchilar egallaydi. Chet elliklar ehtiyotkorlik bilan atrofga qarab, bino ichiga yashirinishga shoshilishadi.

Delegatsiya kasalxona bo‘ylab aylanib chiqdi. Ukraina tomonidan Oliy Radaning IX chaqiriq xalq deputati Aleksandr Kovalyov ishtirok etmoqda. U donetskliklar hurmat bilan gapiradigan kam sonli Ukraina rasmiylaridan biri. Afsonaviy 345-havo-desant polkida xizmat qilgan afg‘on urushi faxriysi. “Bizdan boshqa hech kim” faxriylar tashkilotiga rahbarlik qiladi.

Kovalyov va XQX xodimlari navbatma-navbat kameralarga kirib, mahbuslar bilan muloqot qilishdi. Yaradorlarning ko‘rinishi dushanba kuniga qaraganda ancha yaxshilangan. O‘shanda ular tirik o‘liklarga o‘xshardilar, lekin hozir ancha tetik. Rangpar yuzlar va qo‘rqqan nigohlar yo‘q. Yurtdoshi bilan muloqot qilisharkan, hatto tabassum qilib qo‘yishadi.

Shifokorlar siyosatdan tashqarida
Kovalyov yaxshi munosabatda bo‘lishyaptimi deb ulardan so‘radi. Yaradorlar bir ovozdan: ovqatlantirishyapti, urishmaydilar, masxara qilmaydilar, o‘z vaqtida yaralarni bog‘lab qo‘yishadi, dori-darmonlarni ayashmaydi deydi. XQX delegatlari xuddi shularni eshitishadi. Askarlar esa: “Azovstalni boshqalar tark etishdimi? degan bitta savol berishadi Ularga jarayon davom etyapti deb javob berishadi.

Rossiya va Donetsk harbiylari Ukraina harbiylariga karaganda, harbiy asirlar bilan muomala qilish bo‘yicha Jeneva konvensiyasiga qat’iy rioya qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda shifokorlarning ukrainaliklarni davolashdan bosh tortishgani va ommaviy ravishda o‘z xohishlari bilan ishdan bo‘shatish uchun ariza berishlarini yozishgan. DXR rasmiylari buni rad etdi.

Shifokorlar siyosatdan tashqarida, - deydi DXR Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi. - Biz tibbiy yordam kerak bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘rsatamiz. Do‘st yoki dushman ekanligi ahamiyatsiz. Bizning kasbimiz shunday.

Asirlar olib kelinganda juda yomon ahvolda, jarohatlari kuchayib ketgan edi. Darhol barchasining jarohatlarini bog‘lab qo‘yishdi, har birini mutaxassislar tekshiruvdan o‘tkazdi.Donetskda suv bilan vaziyat yomon ekanligiga qaramay, biz bemorlar toza va sarishta saqlanayotganiga amin bo‘ldik. Biz buni kuzatib boramiz. Chunki gigiyena - davolanishning eng muhim shartlaridan biri
”.

Hech qanday mojarolarsiz
Yelenovkaga yo‘l oldik. Ochiq maydondagi harbiy asirlar lageri yaqinida DXR armiyasining askarlari joylashgan - kamida ikkita rota. Bu yerda qurolini tashlagan dushmanni himoya qilishga jiddiy e’tibor qaratishadi. Jangchilar chodir-yomg‘irpo‘shlarga o‘ranib olishgan – Donetsk va uning atrofida erta tongdan yomg‘ir yog‘yapti.

Olti metr balandlikda beton devor. Perimetr bo‘ylab - tikanli simlar, burchaklarida - projektorli minoralar. Muassasa rahbari mehmonlarga qattiqo‘llik bilan munosabatda bo‘ladi, ammo adolatli: hech qanday istisnosiz hujjatlarni diqqat bilan, sinchiklab tekshiradi. "Qizil xochl"ning oq yoping‘ichi bu yerda katta ahamiyat kasb etmaydi. Xonaga uchtadan kiritishadi. Hamma ichkariga yig‘ilgach, guruh baraklardan biriga olib ketiladi.

Bu yerda kamida 800 nafar harbiy asir bor. Delegatsiya tashrifidan oldin yuzga yaqin odam ko‘chaga chiqarilib, uch qatorga tiziladi. XQX xodimlari ularni so‘roq qiladi. Va yana: yaxshi munosabatda bo‘lishayotgani, kuniga uch marta ovqat berishayotgani, urishmayotgani va masxara qilishmayotgani haqida javob olishadi.

Hech qanday mojaroli vaziyatlar bo‘lmagan. Ular bizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishadi, - deydi barak boshlig‘i, “Azov” polki starshinasi. - Tibbiy yordam ko‘rsatishyapti. Nima so‘rasak, berishyapti. Bunday joy uchun sharoitlar ancha yaxshi. Ma’muriyat tomonidan hech qanday jismoniy kuch ishlatilmagan. Buni qandaydir bosim ostida emas, balki oshkora aytyapman. Bir kunda uch mahal ovqat berishadi. Bugun makaronli sho‘rva berishdi, juda mazali chiqibdi. Kechgi ovqatga arpadan tayyorlangan bo‘tqa berishdi. Hech nimadan shikoyat qilmaymiz, bizga yaxshi munosabatda bo‘lishadi.

Oxirida ayol harbiy asirlar yoniga kiramiz. Ular erkaklardan alohida, qamoqxona kamerasida joylashgan. Xonada havo yaxshi, joylar yetarli. Zarur bo‘lgan barcha gigiyenik vositalar bor.

Rossiya Mudofaa vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Mariupolda 1730 nafar harbiy xizmatchi taslim bo‘lgan, ulardan 771 nafari Azov millatchilari bo‘linmasi jangarilaridir. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baland devorlar va tikanli sim: “Azovstal”da taslim bo‘lganlar qayerda?