Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Chimkent shahridagi tug‘uruqxona yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda «RBK» xabar bermoqda.
Portlash oqibatida ikki qavatli «Kasalxona qoshidagi 138-dorixona» MCHSh binosida yong‘in yuzaga kelgan. Toshkent vaqti bilan 14:06 da yong‘in tarqalishi to‘xtatilgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 55 kvadrat metrni tashkil qilgan.
Foto: Tengrinews
Shuningdek, Chimkent favqulodda vaziyatlar xizmati xabariga ko‘ra, portlash natijasida bir bino qisman qulagan hamda yaqinda joylashgan besh qavatli uy xonadonlaridan birining derazalari va balkoniga zarar yetgan, bundan tashqari, yettita yengil avtomobil zarar ko‘rgan.
Foto: Tengrinews
Yong‘inni o‘chirish chog‘ida qutqaruvchilar erkak kishining kuygan jasadini aniqlagan. Yong‘inni bartaraf etishga 37 nafar xodim va 9 ta texnika jalb qilingan. Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.
Foto: Tengrinews
Tengrinews aniqlik kiritishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga gaz to‘planib qolishi sabab bo‘lgan. Voqea joyida qorovul halok bo‘lgan. Boshqa jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Foto: Tengrinews
Hodisadan keyin tug‘uruqxonadan 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Ba’zi OAVlar kislorod balloni portlaganini yozmoqda. Politsiya portlash holati yuzasidan jinoiy ish ochdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar