Ukraina prezidenti intervyu bermoqda
Foto: Ukraina prezidentining ofisi
Ukraina armiyasining taxminiy soni 700 ming nafarni tashkil qiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qilgan. U 2021 yilda Ukraina qurolli kuchlarining sonini 100 ming nafarga oshirish haqidagi farmonni imzolagandi.
«Bugungi kunda umumiy qo‘shinda 700 ming nafar jangchi bor va siz shuncha odamning qanday kurashayotganini ko‘rib turibsiz», — degan Zelenskiy «Ukraina 24» kanaliga bergan intervyusida.
Zelenskiy Rossiya armiyasi soniga baho berib, bu haqiqatan juda katta raqamlar ekanligini qayd etdi.
«Men bugun bunday hajmdagi qo‘shinga qarshi Yevropaning hech bir mamlakati qarshilik ko‘rsata olmagan bo‘lar edi, deb o‘ylayman», — degan Ukraina prezidenti.
24 fevralda Vladimir Putin Ukrainada maxsus harbiy operatsiyalar boshlanganini e’lon qilgan. G‘arb mamlakatlari mazkur qarorni qoralagan va urushning boshlanganiga qarshi bir qator sanksiyalar paketlarini joriy etgan, shuningdek, Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni boshlagan. 21 mayda AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga rekord darajada, ya’ni 40 milliard dollar miqdorida yordam ajratish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Shuningdek, AQSH Ukrainani kemaga qarshi raketalar bilan qurollantirishni rejalashtirgani, undan avval esa Vashington Kiyev so‘ragan baravar o‘t ochuvchi tizimlarni berishdan bosh tortayotgani haqida xabarlar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda