Ukraina Yevroittifoqqa a’zolikni 15-20 yil kutishiga to‘g‘ri keladi

Ukraina Yevroittifoqqa a’zolikni 15-20 yil kutishiga to‘g‘ri keladi
Foto: SLON
Ukrainaning Yevroittifoqqa a’zolik masalasi 15, balki 20 yillab cho‘ziladigan jarayon. Ukraina hukumati Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning muqobil taklifiga rozi bo‘lgani yaxshi.

TF telekanali bu haqda Fransiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha delegat-vaziri Kleman Bon bayonotiga asoslanib xabar berdi.

«Keling, ochig‘ini aytaylik. Ukraina 6 oydan keyin, 1 yoki 2 yildan so‘ng YEIga a’zo bo‘ladi, deyishimiz yolg‘on. Ehtimol bunga 15 yoki 20 yil kerak bo‘ladi», — dedi Bon.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar