16:53 / 23.05.2022
1 348

Turk kompaniyalari Rossiyani tark etgan korxonalar o‘rnini egallashi mumkin

Turk kompaniyalari Rossiyani tark etgan korxonalar o‘rnini egallashi mumkin
Foto: Anadolu agency
Moskva va Anqara o‘rtasida Rossiyadan chiqib ketayotgan brendlarni turk brendlariga almashtirish bo‘yicha muzokaralar yangi bosqichga kirdi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.

Muzokaralarning birinchi qismi aprel oyida, ikkinchisi may oyining o‘rtalarida Turkiya Birlashgan brendlar uyushmasining (BMD) Rossiyaga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.

- Rossiyadan ketadigan brendlarni turk brendlari bilan almashtirish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz, — dedi Rossiya savdo markazlari kengashi (RCTC) prezidenti Dmitriy Moskalenko.

U, shuningdek, joriy yilning kuzida Rossiya savdo markazlarida 3 mln kvadrat metr maydon bo‘sh qolishi haqida bildirgan.

- Hali Rossiyada bo‘lmagan turk brendlari uchun biz eng yaxshi savdo markazlarini, shu jumladan Moskvani ham egallash imkoniyatini taklif qildik. Biz turk shirkatlarining mamlakatda uzoq muddat qolishi va foydali sarmoya kiritishi uchun muzokaralar olib bormoqdamiz, — deya qo‘shimcha qildi Moskalenko.

RCTC boshqaruvchi direktori Oleg Voitsexovskiyga ko‘ra, Rossiya Xitoy, Hindiston va Eron vakillari bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.

Muzokaralarda ADG Grup tijorat direktori Anna Papaskiri ham ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar yakunlari bo‘yicha Rossiya bozoriga chiqadigan brendlar ro‘yxati tuziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk kompaniyalari Rossiyani tark etgan korxonalar o‘rnini egallashi mumkin