Foto: Ukraina xavfsizlik xizmati
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) «Hayot uchun — muxolifatchi platforma» partiyasining yetakchisi Viktor Medvedchukning so‘roq qilinishi aks etgan videoni e’lon qildi. U sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning buyrug‘i bilan neft mahsulotlari quvurining bir qismini davlat tasarrufidan chiqarish sxemasida ishtirok etganini da’vo qilmoqda. Medvedchuk yo‘qotilgan summa miqdorini 23 million dollar deb atadi. U shuningdek, Poroshenko Rossiya tomonidan tan olingan Donetsk va Lugansk xalq respublikalaridan (DXR va LXR) ko‘mir sotib olishda ishtirok etganini da’vo qildi.
So‘roq paytida Medvedchukning aytishicha, «Samara-G‘arbiy yo‘nalish» magistral neft mahsulotlari quvuri u orqali dizel yonilg‘isini o‘tkazish uchun davlat tasarrufidan chiqarilgan. Bu Pyotr Poroshenkoning ko‘rsatmasi bilan qilingan, deydi Medvedchuk. Poroshenko «Hayot uchun — muxolifatchi platforma» rahbaridan go‘yoki «Rossiya rahbariyati bilan bog‘lanishni», shuningdek, «Ukraina instansiyalarining barchasida zarur qarorlar qabul qilinishini ta’minlashni» so‘ragan.
«Ushbu quvurni xususiylashtirish, aslida Poroshenkoning o‘ziga tegishli qilish uchun bir qator harakatlarni amalga oshirish kerak bo‘ldi. Sudlar, prokuratura, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi, Davlat mulk jamg‘armasi — bularning barchasi, albatta, prezident Poroshenkoning shaxsiy manfaatlari uchun zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qildi», — deydi Viktor Medvedchuk. 2019 yilning may oyidan, Pyotr Poroshenkoning vakolatlari tugatilgandan so‘ng, magistral orqali dizel yonilg‘isini tashish to‘xtatilgan edi.
Medvedchukning ta’kidlashicha, Ukrainaning sobiq prezidenti shuningdek, qo‘l ostidagilari yordamida DXR va LXRdan ko‘mir olish imkonini beradigan sxemani qurgan. «Poroshenko menga Ukraina nazorati ostida bo‘lmagan hududlardan, ya’ni o‘sha DXR va LXRdan Ukrainaga ko‘mir yetkazishni qanday tashkil qilish haqidagi so‘rov bilan murojaat qildi. So‘rovda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashish zarurati bor edi, chunki u bunday ta’minot imkoniyatlariga ta’sir o‘tkaza olardi», — dedi mahbus.
Pyotr Poroshenko 2014—2015 yillarda Donbassning Ukraina hukumati nazorati ostida bo‘lmagan qismidan ko‘mir keltirish bilan davlatga xiyonat qilish va terrorizmni moliyalashtirishda gumon qilinmoqda. 2022 yil yanvarida Kiyev sudi siyosatchini shaxsiy majburiyatlari yuzasidan ozod qilish to‘g‘risida qarorni qabul qilib, unga «zagran» pasportini qaytarishni buyurgan. Prokuratura sobiq prezidentni 1 milliard grivna (taxminan 37 million dollar) miqdorida garov qo‘yish imkoniyati bilan hibsga olishni talab qildi. Vladimir Putin Poroshenkoga siyosiy boshpana taklif qildi, u esa «Bu masalani o‘zimiz hal qilamiz», deb javob berdi.
Viktor Medvedchuk 12 aprel kuni Ukrainada qo‘lga olingan edi. Ukrainada u rossiyaparast hisoblanadi va «Putinning qadrdoni» deb ham ataladi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga siyosatchini ukrainalik harbiy asirlarga almashtirishni taklif qilgan edi. Kreml bunga javoban Viktor Medvedchuk Rossiya fuqarosi emasligini va Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotiga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi