
Foto: RIA Novosti
Xonanda Nargiz Zokirova Moskvadagi Domodedovo aeroportida ushlandi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Xonandaning oila a’zolari bilan suhbatlashgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, u Toshkentdan Moskvaga uchib kelganida ushlangan.
Manbaning ma’lumot berishicha, u Rossiyaga nisbatan bildirgan salbiy fikrlari uchun AQSH yoki O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Nargiz Zokirova 1995 yilda oilasi bilan AQSHga ko‘chib ketgan. 2013 yilda Rossiyaning "Golos" teleloyihasida ikkinchi o‘rinni egallagan va o‘shandan buyon Rossiyada ijod qilib kelgan.
Xonanda aprel oyida O‘zbekistonga qaytgani xabar qilingandi.
Viktor Drobish prodyuserlik markazi voqea bo‘yicha izoh berishni rad etdi.
FXX qaroriga ko‘ra, xonandaga 2072 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar